Mourin'yo Vinisiusni “Real”da yo'qotmoqchi
Manbalarga koʻra, “Real”ning yangi bosh murabbiyi Joze Mourinyo braziliyalik hujumchi Vinisius Zhunior bilan bogʻliq masalada qatʼiy pozitsiyada turibdi.
Xabar qilinishicha, “Real” futbolchiga shartnomani uzaytirish boʻyicha faqat bitta rasmiy taklif yuboradi. Bu taklif Vinisius talab qilayotgan shartlardan ancha past boʻladi.
Klub hozircha Vinisiusga boshqa jamoalardan jiddiy takliflar yoʻqligini biladi.
Mourinyoning xohishi Vinisiusni imkoni boricha tezroq sotib yuborish yoki kamida uning yangi mavsumdagi samaradorligini baholab, keyin yangi shartnoma masalasini hal qilishdan iborat.
Portugaliyalik murabbiyning fikricha, hatto futbolchi 2027 yilda erkin agent sifatida ketsa ham, uning transferi avvalgi yillarda oʻzini toʻliq oʻqlab boʻlgan.

Fikrlar