Mourinoni Peres bilan gaplashishga majbur qilayotgan futbolchi kim?
"Tottenxem" klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyu o‘z jamoasida "Real" forvardi Luka Yovichni ko‘rmoqchi. Bu haqda Daily Star nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “shporlar” asosiy hujumchisi Xarri Keyn uzoq muddatga safdan chiqqani bois serbiyalik futbolchini joriy qishki transferlar davridayoq sotib olishmoqchi. Buning uchun Mourino “qirollik klubi” prezidenti Florentino Peres bilan shaxsan aloqaga chiqmoqchi.
Ma’lumot uchun, 22 yoshli Yovich joriy mavsum “Real” safida 18 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar