Mourinьoning ketishi "Benfika"ga 7 million yevro olib kelishi mumkin
Zhoze Mourin'yo boshqa klubga o'tadigan bo'lsa, "Benfika" qanday miqdorda tovon puli olishi ma'lum bo'ldi.
Avvalroq portugaliyalik mutaxassisni bosh murabbiylikka tayinlashga "Real" qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
"Record" nashri ma'lumotiga ko'ra, Lissabon klubi va Mourin'yo o'rtasida maxsus shart bo'yicha kelishuv mavjud. Unga ko'ra, murabbiy mavsumdagi so'nggi o'yindan keyin o'n kun ichida shartnomani bekor qilsa, "Benfika" 7 million yevro tovon puli oladi.
Manbaga ko'ra, klub prezidenti Ruy Koshta 63 yoshli mutaxassisga shartnomani uzaytirish bo'yicha taklif ham bergan. Mourin'yo esa kelajagi borasidagi yakuniy qarorni mavsum yakunlangandan keyin qabul qiladi.

Fikrlar