Mourinoning nomi tarixda abadiy qoladi

  • 06.05.2022 11:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourinoning nomi jahon futboli tarixida abadiy qoladigan bo‘ldi.

Portugaliyalik mutaxassis qo‘l ostidagi “Roma” Konferentsiyalar ligasi yarim finalida ikki uchrashuv natijasiga ko‘ra “Lester”ni ortda qoldirib, xalqaro musobaqa finaliga chiqdi.

Shu tariqa, Joze Mourino UEFA tasnifidagi uchala musobaqa – Chempionlar ligasi, Evropa Ligasi va Konferentsiyalar ligasi hal qiluvchi bahsida ishtirok etgan birinchi va yagona murabbiyga aylandi.

Mourino Chempionlar ligasida “Portu” va “Inter”, Evropa ligasida “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi sifatida g‘olib chiqqan.

Agar “Roma” futbolchilari 25 may kuni Konferentsiyalar ligasi finalida Niderlandiyaning “Feyenoord” klubini mag‘lubiyatga uchratsa, Mourino UEFAning uchta turnirida bosh sovrinni qo‘lga kiritgan yagona murabbiyga aylanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!