Movsar Evloev: "Hech kim men bilan jang qilishni xohlamaydi, chunki mendan qo‘rqishadi"
UFC da qatorasiga to‘qqizinchi g‘alabasini qo‘lga kiritgan Movsar Evloev yaqin ikki oy ichida har qanday raqibga qarshi jang qilishga tayyor.
"Men hali ham navbatdagi jangim haqidagi xabarni kutyapman, lekin xozircha biror sado yo‘q. Hech kim men bilan jang qilishni xohlamayapti, chunki mendan qo‘rqishmoqda. Ammo raqib topilsa, Ramazongacha u bilan uchrashishim kerak bo‘ladi" - dedi rossiyalik "TM3 Sports" nashriga bergan intervyusida
Eslatib o‘tamiz, "UFC 310" turnirida Evloev hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra Aldjameyn Sterlingni mag‘lub etgandi.

Fikrlar