Movsar Evloev: "Yarim engil vazndagi kamar meniki va hech kimga bu haqida gapirishga yo‘l qo‘ymayman”
UFC yarim engil vazn toifasi reytingining birinchi raqamli jangchisi Movsar Evloev Rossiya va Armaniston sharafini himoya qiluvchi Arman Tsarukyaning chempionlik unvonini qo‘lga kiritish uchun 66 kg vazn toifasiga o‘tish istagiga javob qaytardi.
“Arman bilan birga mashq qildik. Munosabatimiz ham do‘stnoma. Unga qarshi hech narsa demoqchi emasman, lekin yarim engil vazn toifasidagi chempionlik kamari meniki va men hech kimga bu haqida gapirishga ham yo‘l bermayman”, – dedi Movsar "Red Corner MMA" ga bergan intervyusida.
Avvalroq, Evloev koronavirus tufayli avgust oyida UFC debutanti bilan jangdan voz kechganini ma’lum qilgan edi.
Fikrlar