Movsar Evloevni qanday qilib hali ham UFC dan chetlatishmadi?
Aralash yakkakurashlar afsonasi Demetrius Jonson nega rossiyalik Movsar Evloev nafaqat dunyoning eng kuchli ligasi roʻyxatida qolayotgan, balki tez orada yarim engil vazn toifasida UFC chempionlik kamari uchun jang qilishini tushunmayapti.
"Xayolimga bir fikr keldi. Movsar hali magʻlubiyatga uchramagan, 20-0 rekordga ega va birorta jangda muddatidan oldin gʻalaba qozona olmagan. Shunday ekan nega u hamon UFC da? Axir UFC dahshatli shou koʻrsatuvchi Maykl "Venom" Peyjni rosterdan chiqardi-ku?!
Oʻylab koʻrsak, promoushen tomoshabop jang koʻrsatmaydigan va raqiblarini nokautga uchrata olmaydigan yigitlardan juda tez qutulmoqda" - dedi amerikalik.
Eslatib oʻtamiz, Volkanovski va Evloev toʻqnashuvi 24 oktyabr kuni "UFC 333" turnirida oʻtkaziladi.

Fikrlar