“Moxun Bagan” jamoasi murabbiyi "Nasaf"ga qarshi o‘yin oldidan imkoniyatlar va Eldor Shomurodov haqida gapirdi

  • 21 sentabr, 2021, 12:27
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 22 sentyabr kuni OFK Kubogi-2021 hududlararo yarim finalida Qarshining “Nasaf” klubi Hindistonning “Moxun Bagan” jamoasini qabul qiladi. Bugun uchrashuvdan oldin jamoalar bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda dastlab mehmonlar ustozi Antonio Lopez Habas ishtirok etdi.

- Natija haqida uchrashuv oldidan gapirmayman. Lekin o‘zimizning eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz.

Hindiston futboli oxirgi yillarda o‘smoqda. Chunki mamlakatda birinchi navbatda ichki chempionat va akademiyalarga e’tibor borilmoqda. Biz ham mana shu akademiyaga urg‘u bermoqdamiz.

Raqibimizni etarlicha o‘rgandik. Yaxshi shakllangan jamoa. Lekin "Nasaf" haqida emas balki uchrashuv haqida fikr bildirish to‘g‘ri bo‘ladi. Umuman olganda, ertangi bellashuvda ikki jamoaning imkoniyati bir xil.

Ob-havo? Bu borada muammo bo‘lmasa kerak. Chunki biz bu erga kelishimizdan avval BAAda yig‘in tashkil etdik.

photo_2021-09-21_10-15-06

Ertaga qanday o‘yin ko‘rsatishimizni so‘rasangiz, biz himoya yoki hujumkor emas, balki o‘rtadagi balansni ushlashga harakat qilamiz. Uchrashuvning borishidan kelib chiqib to‘p tepamiz. Lekin asosan o‘rtadagi balansni ushlab qolishga intilamiz.

O‘zbek futbolining Osiyodagi o‘rni? Tayyorgarlik jarayoni davomida e’tiborimizni "Nasaf"ga qaratishga urindik. Shu boisdan bir nima deyish qiyin.

Men Eldor Shomurodovni yaxshi taniyman. U ajoyib futbolchi. Albatta, "Nasaf" tarkibidagi futbolchilarni bilaman. Biroq ismlarini eslab qolmaganman. Ularni pozitsiyalari orqali ajrata olaman. Serbiyalik futbolchi va hujumdagi yosh o‘yinchi ham yaxshi harakat qiladi. Umuman olganda, bizning tarkibimizda ham shunday futbolchilar bor. 

Futbolchi Amrinder Sing: Biz ertangi bahsga yaxshi tayyorlandik. Mashg‘ulotlar Dubayda olib borildi. Ertangi bellashuvga tayyormiz.

To‘g‘ri, bizda ichki chempionatimiz ancha avval yakunlangan. Biroq biz ko‘plab o‘yinlarda maydonga tushdik. Jamoa yig‘ilgan holda mashg‘ulotlar olib bordi va jismoniy jihatdan muammolar kuzatilmadi.

photo_2021-09-21_10-15-09

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!