Muhammad Saloh faoliyatini qaerda davom ettirini aniq bo‘ldi

  • 9 dekabr, 2024, 11:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul”ning keyingi yillardagi eng zo‘r o‘yinchisi Muhammad Salohning amaldagi shartnomasi mavsum oxirida yakuniga etadi.

Tomonlar hamkorlikni davom ettirish bo‘yicha bir necha oydan beri muzokara o‘tkazib kelayotgan edi. Biroq yaqinda misrlik futbolchi klubdan ketishi mumkinligi va bu klub unga hali shartnoma taklif qilmagani bilan bog‘liq ekanini e’lon qilgandi.

Bir necha manbalarning ma’lum qilishicha, Salohning agenti Rami Abbos klub mutasaddilari bilan yangi shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishgan.

Daily Mirror nashrining yozishicha, muzokaralarning cho‘zilib ketishi moddiy masalalarga bog‘liq bo‘lmagan. Hamkorlikning uzaytirilishiga shartnoma muddati to‘sqinlik qilgan. “Liverpul” hujumchiga bir yillik bitim bermoqchi bo‘lgan. Saloh shartnomani uch yilga tuzini talab qilgan.

Oxir-oqibat tomonlar o‘zaro kelishuvni 2027 yilning 30 iyunigacha davom ettirishga ko‘ngan. Qandaydir kutilmagan holatlar yuzaga kelmasa, tez orada Muhammad Saloh yangi shartnomaga imzo chekadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!