Muhammad Saloh o‘zidan zo‘r futbolchi nomini aytdi

  • 22.09.2025 12:22
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol

“Liverpul”ni o‘tgan mavsum Angliya Premer-ligasida g‘olib chiqishiga katta hissa qo‘shgan Muhammad Salohdan o‘zini “Inter Mayami”ning 38 yoshli yulduzi Lionel Messi bilan taqqoslashni so‘rashdi.

- Men zo‘rmanmi yoki Messi? Albatta, Messi. Men doim uni tanlayman, - dedi Muhammad Saloh.

Jurnalistlar bu savolni bejiz berishmadi. O‘tgan mavsumda ham to‘purarlik mahoratini namoyish qilgan misrlik futbolchi “Oltin to‘p” sovrini uchun 30 nafar da’vogar ro‘yxatiga kiritildi. “Inter Mayami”da o‘ynayotgan Messi esa, da’vogarlar orasida yo‘q.  

Shunga qaramay, Lionel Messi futbolchining eng nufuzli individual sovrini – “Oltin to‘p”ni sakkiz marta qo‘lga kiritgan va bu borada mutlaq rekordchi hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Асманов Асман
22/09/2025 14:43
3 марта харомдан олган шу олтин топларини. Месси мугомбир.