Muhammad Saloh o‘zini tanqid qilgan Runining katta rekordini o‘chirib tashladi
Angliyaning amaldagi chempioni “Liverpul” 16-tur uchrashuvini o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida o‘tkazib, “Brayton” futbolchilarini Ugo Ekitikening dubli evaziga 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Uchrashuvning kulminatsion nuqtasi 26-daqiqaga to‘g‘ri keldi. Jarohat olgan himoyachi Jo Gomes o‘rniga Arne Slot to‘rtta uchrashuvda maydonga chiqmagani uchun rahbariyat va bosh murabbiyni tanqid qilgan Muhammad Salohni tushirdi.
Misrlik yulduz jamoasining ikkinchi golida ishtirok etdi. Dastlab kuchli zarba bilan burchak to‘pi ishlab oldi. Keyin burchak zarbasini o‘zi ijro etib, Ekitikega golli pas uzatdi.
Shu tariqa, Muhammad Saloh Angliya Premer-ligasidagi samarali harakatlari sonini 277 taga etkazib, avvalgi rekordni Ueyn Runidan o‘zib ketdi.
Ueyn Runining 183 ta gol va 93 ta assistdan iborat katta rekord uzoq muddat saqlanib turdi. Endi samarali harakatlar rekordida uning nomi o‘rniga Muhammad Saloh ismi yoziladigan bo‘ldi.
Saloh Angliya chempionatlaridagi faoliyati davomida 188 ta gol va 89 ta assist muallifi bo‘lgan. Uning bundan buyon Premer-ligadagi har bir goli yoki assisti aynan mana shu ko‘rsatkich bo‘yicha yangi rekord sifatida qayd etilaveradi.
Fikrlar