
Muhammad Saloh to‘xtamaydi shekilli
“Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh Angliya premer-ligasining 21-turida “Chelsi” jamoasi darvozasini ishg‘ol qildi.
2:2 hisobida durang bilan tugagan o‘yindagi gol 29 yoshli misrlik futbolchi uchun tarixiy ahamiyatga ega bo‘ldi. Muhammad Saloh qatorasiga besh mavsumdan beri 25 ta va undan ko‘p golda bevosita ishtirok etmoqda.
Joriy mavsumda u gollarini sonini 16 taga etkazdi va jamoadoshlariga to‘qqizta golli pas uzatdi.
APL tarixida gol+pas tizimida 25 ball jamg‘arish bo‘yicha rekord seriya “Arsenal”da porlagan Terri Anriga tegishli. Frantsiyalik futbolchi 1999-2006 yillar davomida, ya’ni etti mavsumda qatorisiga kamida 25 ta golda bevosita qatnashgan.
Bu borada ikkinchi o‘rinni egallab turgan Muhammad Saloh 2017 yildan beri “Liverpul” sharafini himoya qilib, to‘purarlik mahoratini namoyish qilib kelmoqda.
Fikrlar