
Muhammad Saloh va Kevin de Bryuyneni keyingi manzili aniq
Saudiya Arabistoni klublari transfer bozorini o‘zgartirib yubordi. Arablar jahon miqyosidagi yulduzlarni jamlashni to‘xtatmayapti.
Bu mamlakat Professional ligasi vakillari Angliya chempionatining eng mashhur o‘yinchilaridan Kevin de Bryuyne va Muhammad Salohni transfer qilishga kirishdi.
Saudiya klublari o‘ta katta maosh va turli bonuslar bilan nomdor futbolchilarni olishda davom etyapti va bu yo‘nalishlardagi ishlarni to‘xtatmoqchi emas.
Saudiyaliklar tez orada Professional ligaga “Manchester Siti” pleymeykeri Keyin de Bryuyne va “Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh ham etib kelishiga qattiq ishonmoqda.
Fikrlar