Muҳammad Saloҳga syurpriz tayyorlashdi

  • 02.09.2026 19:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Trabzon viloyatida joylashgan Yomra munitsipaliteti hokimiyati “Trabzonspor” klubining yangi futbolchisi Muhammad Saloҳ yashaydigan uy joylashgan ko‘chani uning sharafiga qayta nomlashni rejalashtirmoqda.

Bu haqida Yomra meri Mustafa Biyik X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

- Muhammad Saloҳ – Turkiya futboli tarixidagi eng yirik transfer xaridi. U bizning tumanimizda yashaydigan bo‘lganidan juda faxrlanamiz. Tez kunlarda shahar kengashi qarori qabul qilinadi va unga ko‘ra Saloҳning uyi joylashgan ko‘cha Muhammad Saloҳ ko‘chasi, deb qayta nomlanadi.

Biz qo‘limizdan kelgan barcha ishni qildik. Endi navbat Saloҳniki, - deb yozdi Mustafa Biyik.

Eslatib o‘tamiz, misrlik futbolchi bu yozda erkin agent sifatida “Trabzonspor” tarkibiga qo‘shilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!