Muҳayyo Narzilloeva – vitse-chempion!
Bratislava shahri (Slovakiya) mezbonlik qilayotgan sport kurashlari bo‘yicha U-20 jahon chempionatida yana bir kun ortda qoldi. Kechagi bahslarda kurashchi qizlarimizdan Muhayyo Narzilloeva -65 kg vazn toifasida kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Kumush medal:
-65 kg: Muhayyo Narzilloeva
Bugun kurashchi qizlarimizdan Ulbike Karlibaeva bronza medali uchun kurashni davom ettiradi. Shuningdek, 3 nafar erkin kurashchimiz saralash bosqichida gilamga chiqadi.
Bronza medali uchun:
-57 kg: Ulbike Karlibaeva / Liliana Kapuvari (Vengriya) — Hiunai Hurbanova (Ozarbayjon)
Bu haqida MOQ xabar bermoqda.

Fikrlar