
Muhim golni urgan Fayzullaevning o‘yini qanday baholandi?
Xabaringiz bor, RPL 9-turidan o‘rin olgan "Rostov" - TsSKA bahsi jangovar tarzda o‘tib, 3:3 hisobi bilan o‘z nihoyasiga etdi.
"Sofa Score" portali mazkur bellushuv uchun futbolchilarga qo‘yilgan ballarni e’lon qildi. Unga ko‘ra, uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi mezbonlar a’zosi Egor Golenkov, deb topildi. So‘nggi golni urgan Abbosbek Fayzullaev esa 7,5 ball to‘plagan.
Ma’lumot uchun, 19 yoshli yarim himoyachidan faqatgina Fyodor Chalov va Kelvenlar ko‘proq ball to‘pladi.
Fikrlar