Muhim uchrashuvdan oldin yo‘qotish ko‘p
Basketbol bo‘yicha yuqori maqsadlar uchun kurashayotgan “Oklahoma City Thunder” jamoasi G‘arbiy konferensiya finalidagi to‘rtinchi o‘yinni tarkibdagi katta yo‘qotishlar bilan o‘tkazadi.
Jamoa himoyachisi Ajay Mitchell o‘ng oyog‘idagi jarohati sabab “San Antonio Spurs”ga qarshi navbatdagi bahsda ishtirok etmaydi.
Mitchell seriyaning uchinchi o‘yinida uchinchi chorak davomida maydonni tark etgan va uchrashuvga qayta olmagan. U 17 daqiqa harakat qilib, 5 ta urinishdan faqat bittasini aniq bajardi va 2 ochko to‘pladi.
U asosiy tarkibda maydonga tushgan edi, chunki jamoaning yana bir muhim o‘yinchisi Jalen Vilyams jarohat tufayli jamoaga yordam bera olmayapti. U chap son mushagidagi jarohat tufayli 3-o‘yinni o‘tkazib yuborgan. Uning navbatdagi bahsda qatnashishi ham so‘roq ostida qolmoqda.
Mitchell va Uilyams yo‘qligida Jared MakKeyn, Aleks Karuso va Gason Valles o‘zini ko‘rsatishi talab etiladi.
Ayni paytda seriyada “Oklahoma City Thunder” basketbolchilari 2:1 hisobida oldinda bormoqda. Navbatdagi o‘yin ham San-Antonioda bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar