Muhimroq ish bor! Flik Alvarеzni olish fikridan voz kеchdi
Reja o‘zgarib qoldi
«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik jamoa hujum chizig‘ini kuchaytirishda Xulian Al’vares katta rol o‘ynashi mumkinligini yaxshi tushunadi. Shu bilan birga, nemis mutaxassisi argentinalik forvarddan voz kechishga ham tayyor, chunki u transfer bozorida klub uchun hozircha boshqa yo‘nalish ustuvor deb hisoblaydi. Flikning ta’kidlashicha, «sine-granatovye» uchun eng muhim vazifa – Pau Kubarsi bilan birga ishonchli juftlik hosil qila oladigan markaziy himoyachini olib kelish.
Flikning fikricha, bu maqsadga yetishish uchun tarkibdagi ba’zi o‘zgarishlar ham zarur. Xususan, u klub rahbariyatiga chap qanot himoyachisi Alehandro Bal’dеni sotish imkoniyatini ko‘rib chiqishni taklif qilgan. Kataloniya klubi ushbu transferdan tushadigan mablag‘ni markaziy himoyachi xaridiga yo‘naltirishi mumkin.
Hujum chizig‘iga kelganda, mutaxassis Xulian Al’varesga bo‘lgan ehtiyoj sezilarli darajada kamayganini qayd etmoqda. Bunga Rafinyaning markaziy hujumchi sifatidagi o‘yini va Gabriyel Jеzusning jamoaga qo‘shilishi asosiy omil sifatida ko‘rsatilmoqda.
Avvalroq ommaviy axborot vositalarida «Barselona» qishki transfer oynasidan foydalanib, yana bir bor Al’varesni sotib olishga harakat qilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Yozgi transfer davrida esa «Atletiko» argentinalik futbolchini qo‘yib yuborishdan bosh tortgandi.

Izohlar (0)