Mukofoti bir million dollardan koʻp boʻlgan turnirda Rossiya — Oʻzbekiston vakillari toʻqnashuvi uch setda yakunlandi
O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan tennischi Kamilla Rahimova Xitoyning Ninbo shahrida o‘tayotgan WTA 500 toifasidagi musobaqa saralash bosqichi finalida rossiyalik Tatyana Prozorovani mag‘lub etdi.
Qattiy kurash ruhida o‘tgan uchrashuv uch setga cho‘zildi. Rahimova raqibasini 7:6 (7:4), 4:6, 6:4 hisobida yengdi. Bellashuv qariyb to‘rt soat — uch soat 50 daqiqa davom etdi.
Prozorova butun o‘yin davomida biror marta to‘g‘ridan-to‘g‘ri eys udara amalga oshirmadi, uch bor ikki karra xatoga yo‘l qo‘ydi va qo‘lga kiritgan 20 ta breyk-poyntning sakkiztasidan foydalandi.
Kamilla Rahimova hisobida esa uchta eys va 20 ta imkoniyatdan sakkizta breyk-poyntni amalga oshirish qayd etildi. Shu bilan birga, o‘zbekistonlik tennischi sakkiz marta ikki karra xatoga yo‘l qo‘ydi.
WTA 500 toifasidagi BNB Ningbo Open turnirining asosiy to‘ri 19–25 oktyabr kunlari Ninbodagi xard qoplamali kortlarda o‘tkaziladi. Musobaqaning umumiy sovrin jamg‘armasi 1 206 446 dollarni tashkil etadi.

Fikrlar