Mundial finalini boshqargan hakam faoliyatini yakunlandi

  • 27.07.2026 14:22
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Sloveniyalik mashhur hakam Slavko Vinchich professional faoliyatini yakunladi. Bu haqida Sloveniya futbol ittifoqi matbuot xizmati rasmiy sayti orqali ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, Vinchich 2026 yildagi jahon chempionati final bahsini boshqargan edi. Mazkur hal qiluvchi o‘yinda Ispaniya qo‘shimcha daqiqalarda Argentina ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozongan.

Slavko Vinchich 2010 yildan beri FIFA toifasidagi hakam sifatida faoliyat yuritib kelardi. U nafaqat JCh-2026 finali, balki 2023/2024 yildagi mavsumdagi UEFA Chempionlar ligasi finalida ham bosh hakam sifatida ishlagan. O‘sha uchrashuvda «Real» Dortmundning «Borussiya» jamoasini mag‘lub etgan.

Shuningdek, Vinchich 2021/2022 yildagi mavsumda «Ayntraxt» va «Reyndjers» jamoalari o‘rtasidagi UEFA Yevropa ligasi finalini ham boshqargan. Ushbu bellashuv asosiy va qo‘shimcha vaqtda 1:1 hisobida yakunlanib, penaltilar seriyasida «Ayntraxt» 4:3 hisobida ustun kelgan.

Jahon chempionati-2026 doirasida 46 yoshli Vinchich jami to‘rtta o‘yinni boshqardi. U ushbu bahslarda 12 ta sariq va 2 ta qizil kartochka ko‘rsatdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!