Mundial oldidan Husanov va Shomurodov qay ahvolda?

  • 14.06.2026 15:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Moskvadagi "Lokomotiv" jamoasi tarkibida Rossiya chempioni bo‘lgan o‘zbekistonlik futbolchi Vitaliy Denisov O‘zbekiston milliy terma jamoasining 2026 yildagi jahon chempionatidagi ishtirokidan nimalar kutayotgani haqida fikr bildirdi. 

O‘z tarixida ilk bor mundialda ishtirok etayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi 

Fabio Kannavaro qo‘l ostida "K" guruhida Portugaliya, Kolumbiya va Kongo Demokratik Respublikasi futbolchilariga qarshi maydonga tushadi.

— Mamlakatda hamma O‘zbekiston terma jamoasini kuzatyapti, — deydi Denisov. — Milliy jamoa ilk bor bunday yirik musobaqaga yo‘l oldi. Hamma juda xursand. Ayrim muxlislar jamoaga e’tiborni oshirish uchun avtomobilda AQShga yo‘l olishdi. AQShda terma jamoa jiddiy qo‘llab-quvvatlanadi. Men o‘sha yerga borganimda, doim yurtdoshlarimizni uchratganman.

— O‘zbekiston guruhdan chiqishga qodirmi? 

— Juda xohlar edim, lekin bu oson bo‘lmaydi. Umid qilamanki, yigitlar o‘zini qo‘lga olib, yuqori darajada o‘yin namoyish etadi. Kolumbiya — kuchli tarkibga ega, juda og‘ir raqib.

— O‘zbekiston terma jamoasi yetakchilari hozir optimal holatdami? 

— Bu yerda, birinchi navbatda, psixologiya hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Terma jamoa a’zolarining ko‘pchiligi bu darajadagi musobaqada ilk bor o‘ynaydi. Abduqodir Husanov yosh bo‘lishiga qaramay, milliy jamoaning yetakchilaridan biri. Uning "Manchester Siti"da to‘plagan tajribasi o‘z samarasini beryapti. U jamoaga psixologik jihatdan yordam beradi. 

Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullaev esa o‘zlarining  liderlik sifatlarini ko‘rsatishi kerak.

O‘zbekiston terma jamoasi birinchi uchrashuvini Kolumbiyaga qarshi o‘tkazadi. Bellashuv 18 iyun kuni Mexikodagi "Atsteka" stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 7:00 da boshlanadi. 

Ikkinchi turdan o‘rin olgan uchrashuv 23 iyun kuni soat 22:00 ga belgilangan. Unda milliy terma jamoamiz Krishtianu Ronaldu boshchiligidagi Portugaliya bilan kuch sinashadi.

Guruhdagi oxirgi bahs 28 iyun soat 4:30 da jismonan baquvvat futbolchilardan tarkib topgan Kongo Demokratik Respublikasi terma jamoasiga qarshi o‘tkaziladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Olim
14/06/2026 22:07
Omad tilayman yurtdoshlarimizga.