Mundialda terma jamoaning sakkiz futbolchisidan doping chiqdi

  • 03.07.2026 18:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Nufuzli manba – Daily Mail nashri ma'lumotiga koʻra, Tunis terma jamoasining 8 nafar futbolchisi jahon chempionati vaqtida topshirgan doping testlarida klenbuterol modda izlari aniqlandi.

Biroq keyingi tekshiruvlar shuni koʻrsatdiki, futbolchilar taqiqlangan moddani qasddan qabul qilmagan va bu modda Meksikadagi yigʻin vaqtida ifloslangan mol goʻshtini iste'mol qilishdan organizmga tushgan boʻlishi mumkin.

Klublar bu haqida xabardor qilingan. Hozircha futbolchilarga nisbatan hech qanday jazo qoʻllanilishi kutilmayapti.

Klenbuterol Butunjahon antidoping agentligi (WADA) taqiqlangan moddalar roʻyxatiga kiradi.

Ayrim davlatlarda, jumladan Meksikada, bu modda chorvachilikda mollarning oʻsishini tezlashtirish uchun qoʻllaniladi. Shu sababli avval ham sportchilar organizmiga ovqat orqali tushgan holatlar kuzatilgan.

Tunis jahon chempionatida quyidagi natijalarni qayd etdi:

  • Shvetsiyaga — 1:5;
  • Yaponiya — 0:4;
  • Niderlandiyaga — 1:3

Mundialning birinchi turidan keyin bosh murabbiy Sabri Lyamushi iste'foga chiqarilgan va Tunis jahon chempionatlari tarixida ilk uchrashuvdan keyinroq bosh murabbiyni almashtirgan ilk terma jamoaga aylangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!