Mundialdagi hujumchi Manchester superklubi nishoniga tushdi

  • 02.07.2026 20:26
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Kristal Pelas» hujumchisi Ismaila Sarr 2026 yildagi jahon chempionatidagi o‘yinlari bilan «Manchester Yunayted» skautlari e’tiborini tortdi. Bu haqida TEAMtalk nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, manchesterliklar Sarrga jiddiy qiziqib qolgan. Klub hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun bir necha pozitsiyada o‘ynay oladigan universal futbolchi izlayotgani aytilmoqda. Sarr esa hujumdagi deyarli barcha vazifalarni bajara oladi.

Shuningdek, 28 yoshli senegallik futbolchining jahon chempionatidagi o‘yini ham «Manchester Yunayted» rahbariyatiga katta taassurot qoldirgan. Mundialda Senegal terma jamoasi safida u 4 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urdi va 1 ta golli pas muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!