Mundialdagi osiyolik darvozabonga Angliyaning uch klubi ish taklif qildi

  • 04.07.2026 22:39
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

2026 yildgi jahon chempionatida Yaponiya milliy terma jamoasi darvozasini qo‘riqlagan  Italiyaning “Parma” klubi posboni Dzion Sudzuki Angliya Premier-ligasiga yo‘l olishi mumkin.

Mundo Deportivo nashri xabariga ko‘ra, 23 yoshli posbonga “Aston Villa”, “Manchester Yunayted” va “Lids” klublari ish taklif qilmoqda.

Sudzuki 2024 yildan buyon “Parma” sharafini himoya qilib kelmoqda. U o‘tgan mavsum A Seriyada 20 ta uchrashuv o‘tkazib, shularning 5 tasida o‘z darvozasini daxlsiz saqlab qolgan.

Transfermarkt uning bozor qiymatini 20 million yevro deb baholagan. Darvozabonning “Parma” bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozigacha amal qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!