Mundialdan chetlatilgan hakam vafot etdi
Niderlandiyalik hakam Rob Diperink 38 yoshida vafot etdi. Bu haqida Niderlandiya Qirollik futbol ittifoqi rasmiy ma'lum qildi. Hozircha o‘lim sababi ochiqlanmagan.
Ma'lum bo‘lishicha, politsiya hodisa yuzasidan tergov boshlagan va hakam yashagan hududda tekshiruv ishlarini olib bormoqda.
Diperink 2026 yildagi jahon chempionatida VAR hakami sifatida ishlashi kerak edi, ammo musobaqa boshlanishidan oldin FIFA tomonidan chetlatilgan.
Aprel oyida u Londonda voyaga yetmagan shaxsga nisbatan nomaqbul harakatlarda gumon qilinib qo‘lga olingan edi. Keyinchalik dalillar yetarli emasligi sababli Britaniya politsiyasi ishni yopgan va hakamga nisbatan ayblovlar olib tashlangan.

Fikrlar