Mundialdan keyin mamlakat futboli isloh qilinadi. Komissiya rahbari – mashhur futbolchi!

  • 03.07.2026 18:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Terma jamoa AQSh, Meksika va Kanadada tashkil etilgan 2026 yildagi jahon chempionatini kutilganidan erta tark etgani uchun Janubiy Koreyada futbol sohasida jiddiy o‘zgarishlar amalga oshiriladi.

“Manchester Yunayted” klubi va Janubiy mamlakat milliy terma jamoasidagi o‘yinlari bilan tanilgan Pak Jji Son  Janubiy Koreya futbolini shoshilinch isloh qilish komissiyasi raisi etib tayinlanadi.

Bu haqida Korea JoongAng Daily nashri xabar berdi.

Yangi qo‘mita Janubiy Koreyaning jahon chempionatidagi muvaffaqiyatsiz ishtiroki ortidan jamoatchilik noroziligi kuchaygani sababli tashkil etildi.

Qo‘mita “Koreya futboli innovatsiya qo‘mitasi” deb nomlanadi va mamlakat futbolida tizimli islohotlar o‘tkazish bilan shug‘ullanadi.

Janubiy Koreya terma jamoasi A guruhida 3 ochko to‘plab uchinchi o‘rinni egalladi va 1/16 finalga chiqa olmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!