Mundialning eng zo‘r o‘yinchisi operatsiya qilinadi

  • 23.07.2026 10:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Manchester Siti» va Ispaniya terma jamoasi tarkibida harakat qiladigan tajribali yarimhimoyachi Rodri umurtqa pog'onasidagi muammo sababli jarrohlik amaliyotiga muhtoj. Bu haqida The Athletic nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 30 yoshli futbolchining maydonga qaytish muddati hozircha aniq emas. Tabiblar uning tiklanish jarayoni qancha vaqt talab etishini bashorat qilishga shoshilmayapti.

Avvalroq madriddlik «Real» Rodri transferi bo‘yicha faol muzokaralar olib borayotgani haqida ma'lumotlar paydo bo‘lgan edi.

O‘tgan mavsumda Rodri «Manchester Siti» safida barcha musobaqalar doirasida 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi. Shu bilan birga, u 2026 yildagi futbol bo‘yicha jahon chempionatida Ispaniya terma jamoasi bilan g‘olib chiqib, musobaqaning eng yaxshi o‘yinchisi deb topilgan. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 50 million evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!