Asosiy mazmunga oʻtish

Munisa Odilova III Osiyo yoshlar o‘yinlari bronza medali sohibasi!

Muhammadqodir Ruzmatov
Izohlar: 0

Bu natija bilan Munisa Odilova og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi uchun navbatdagi muhim medalni qo‘lga kiritdi

Xabaringiz bor, ayni paytda Bahraynning Manama shahrida o‘smirlar o‘rtasidagi III Yoshlar Osiyo o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda.

Iqtidorli sportchimiz Munisa Odilova og‘ir atletika sport turida yuqori natija qayd etib, mazkur nufuzli musobaqada bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

U −48 kg vazn toifasidagi keskin bahslarda dast ko‘tarish bo‘yicha 72 kg natija bilan uchinchi o‘rinni egallab, delegatsiyamiz hisobiga bronza medalini taqdim etdi.

Shuningdek, “silab ko‘tarish” bellashuvida ham 89 kg toshni muvaffaqiyatli ko‘tarishga erishdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q