Murabbiy: "Arman Tsarukyan – Iliya Topuriya darajasidagi jangchi emas"

  • 15.02.2026 10:58
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yengil vazn toifasida UFC chempioni Iliya Topuriyaning murabbiyi Xavi Klement "Matador" hamda Rossiya va Armaniston sharafini himoya qiluvchi Arman Tsarukyan o‘rtasidagi ehtimoliy jang haqida gapirdi.

"Afsuski, Arman bir nechta xatolarga yo‘l qo‘ydi va hali hamon buning badalini to‘lamoqda. Shunday bo‘lsa-da, u Topuriyaga qarshi jang qilish uchun bor kuchini sarflayapti va asta-sekin da’vogarl sifatida o‘z o‘rnini qaytarib olgani ham rost. Hozir Iliya va Tsarukyan  o‘rtasidagi jang g‘oyasi ajoyib tuyulmoqda va biz ham bu to‘qnashuv bo‘lib o‘tishini istisno qilmaymiz. Aslida, biz u bilan jang qilishni juda xohlaymiz. Biroq Armanning Iliyaga kuchi yetmaydi, deb o‘ylayman. Tsarukyan Topuriyaning "darajasi" emas!", – deb aytdi Kliment "Abc.es" nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Arman UFC dagi oxirgi jangida Den Xukerni 2-raundda sabmishn evaziga yenggan bo‘lsa, Topuriya braziliyalik Charlz Oliveyrani 1-raundda nokautga uchratgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!