Murabbiy Ronalduni nega o‘yindan olib tashlaganini aytdi

  • 25.09.2026 07:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Jorje Jezush UEFA Millatlar ligasi A ligasi 4-guruh 1-turida Uelsga qarshi uchrashuvning 67-daqiqasida Krishtianu Ronalduni almashtirish qarorini izohladi. Ronaldo ushbu uchrashuvda gol yoki golli uzatma qayd etmadi.

- Bunga o‘yning o‘zi sabab bo‘ldi. Uchrashuv tugashiga 25 daqiqa qolgandi va menga pressing qila oladigan yangi futbolchi kerak edi.

Balki texnik jihatdan u Krishtianu kabi sifatlarga ega emasdir, ammo Gonsalu himoyada bizga tezlik qo‘sha olishini bilardim. U aynan shuni amalga oshirdi. Jamoadan mamnunman, - deya Jezushning so‘zlarini O Globo nashri keltiradi.

Millatlar ligasining 2-turida Portugaliya 27 sentabr kuni Norvegiya bilan o‘ynaydi. Uels esa shu kuni Daniya terma jamoasi mehmoni bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!