Murabbiylarimiz "IJF Academy" kursida malaka oshirishdi

  • 14.09.2026 21:35
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Dzyudo
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

6-13 sentabr kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida Xalqaro dzyudo federatsiyasi tomonidan "IJF Academy" murabbiylik kurslari bo‘lib o‘tdi. 

Bir haftalik o‘quv-amaliy kurslarda iste’dodli murabbiylarimizdan Nargiza Azimova, Zokirjon Sobirov, Gelaniy Ozdaev, Zafarjon Nafasov, Jamshid Xudayberganov, Ismoil Qurbanov, Baxtiyor O‘razboev ham o‘z malakasini oshirdi. 

IJF tomonidan biriktirilgan maxsus komissiya a’zolari murabbiylarning mahoratiga baho berishdi. Murabbiylik kursining so‘nggi kuni tegishli sertifikatlar o‘z egalariga topshirildi.

Murabbiylar malakasini oshirish Federatsiyaning murabbiylar tarkibini rivojlantirish bo‘yicha tizimli ishlarining muhim qismidir. Xalqaro tajriba va zamonaviy tayyorgarlik usullari mutaxassislarimizga mashg‘ulot jarayonini takomillashtirish va dzyudochilarni tayyorgarlik sifatini oshirishga yordam beradi.

Bu haqida O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!