"Muradov_professional_Liga"ning navbatdagi turniri qachon va qaerda o‘tkazilishi ma’lum

  • 1 fevral, 2022, 17:21
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, UFC jangchisi Mahmud Muradov o‘zining promousheni "Muradov_professional_Liga" ga asos solgandi. Mazkur liga o‘zining ikki turnirini o‘tkazib ulgurdi va aytib o‘tish joizki, ushbu turnirlarda yurtimizning ko‘zga ko‘ringan jangchilari bilan bir qatorda horijdan yaxshi saviyadagi jangchilar ham taklif qilindi. 

Ushbu promoushenning 3-turniri avvalroq, Termiz shahrida o‘tkazilishi haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi. Biroq, rejalarga o‘zgartirishlar kiritilgan va navbatdagi jang kechasi 27 fevral kuni Toshkent shahrida tashkil etiladi. 

Xozircha to‘liq fayt-kard ma’lum emas. Tez orada bunga ham oydinlik kiritiladi. Voqelar rivojini bizda kuzatib boring!

273184777_1661834134158326_7421474385848119434_n

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!