Murtazo Puraliganji - "Paxtakor" futbolchisi!
Eronlik tajribali himoyachi Murtazo Puraliganji "Paxtakor" bilan yil oxirigacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. Bu haqida klub matbuoti xabar berdi.
"34 yoshli himoyachi faoliyati davomida Eronning "Naft" va "Persepolis", Xitoyning "Tianjin" va "Shenzhen", Qatarning "Sadd" va "Arabi", Belgiya ning "Yupen" klublarida o‘ynagan. Klublar safida 300ga yaqin o‘yinlarda maydonga tushgan. Eron terma jamoasi safida 54 bahsda 3 gol muallifiga aylangan. U 2018 va 2022 yildagi jahon chempionati final bosqichlarida asosiy futbolchi sifatida ishtirok etgan. U jamoamizga "Persepolis"dan erkin agent maqomida kelib qo‘shildi.
Biz Puraliganji o‘zining boy tajribasi va ishonchli o‘yinlari bilan jamoamizga yordam berishiga ishonamiz.
"Paxtakorga xush kelibsan, Murtazo", deyiladi xabarda.

Fikrlar