Musiаlа jarоhаtidаn kеyin mаshg‘ulоtlаrgа qаytdi
Muhammadqodir Ruzmatov
«Bavariya» yarimhimoyachisi Jamal Musiala jarohatdan so‘ng to‘p bilan individual mashg‘ulotlarga qaytdi.
«Bavariya»ning hujumkor yarimhimoyachisi Jamal Musiala yana toʻp bilan mashgʻulotlarga qaytdi. Bu haqida Kicker nashri muxbiri Manuel Krişel xabar berdi.
Manba maʼlumotiga koʻra, nemis yarimhimoyachisi terma jamoa safida olgan jarohatidan soʻng maydonga qaytishga yana bir qadam yaqinlashdi. Taʼkidlanishicha, futbolchi toʻp bilan individual mashgʻulotlarni boshlagan va toʻliq formaga qaytish ustida ishlashni davom ettirmoqda.
Joriy mavsumda 23 yoshli Musiala barcha musobaqalar doirasida toʻrtta oʻyinda maydonga tushdi, ikki bor raqib darvozasini ishgʻol etdi va bir marta golli uzatma muallifiga aylandi.

Izohlar (0)