Musiala «Bavariya»ning yaqindagi oʻyinida maydonga tushishi mumkin
«Bavariya» sport direktori Kristof Froynd jarohatdan keyin tiklanish jarayonini davom ettirayotgan yarim himoyachi Jamal Musiala holati haqida ma’lumot berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yosh futbolchi so‘nggi 7–10 kun ichida jamoa bilan to‘liq quvvatda mashg‘ulot o‘tkazmoqda.
«Jamal oxirgi kunlarda jamoa bilan normal tarzda shug‘ullanyapti. Hozir kayfiyati ham yaxshi. Ehtimol, u ertayoq qaytib, tarkibga qo‘shilishi mumkin. Kutib turamiz», — deya ta’kidlagan Froynd jurnalist Torben Xoffmann bilan suhbatda.
Ma’lumot uchun, 23 yoshli Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi joriy mavsumda hali biror marta maydonga tushgani yo‘q.
Shanba, 5 sentabr kuni «Bavariya» safarda «Shal’ke»ga qarshi o‘yin o‘tkazadi.

Fikrlar