Mutloq yulduzli tarkib! Turkiya grandi ikki nomdor futbolchini o‘z safiga qo‘shib oldi

  • 01.09.2025 16:34
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

Turkiyaning "Fenerbahche" klubi tarkibni kuchaytirish ishlarini jadal davom ettirmoqda. 

Istanbulliklar tarkibni Marko Asensio hamda Ederson kabi futbolchilar bilan kuchaytiradigan bo‘ldi. Ushbu transferlar hali rasman e’lon qilinmadi, ammo taniqli insayder Fabritsio Romano tasdiqladi.

Avvalroq, "Fenerbahche" "Benfika"dan Kerim Aktyurkogluni o‘z safiga qo‘shib olgandi. Shuningdek, mazkur klub safida Duran, Taliska, Fred, Shkrinyar hamda Semedu kabi nomdor futbolchilar to‘p tepadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!