
Muvaffaqiyatsizliklarga uchrayotgan "Chelsi" bosh murabbiyi kechagi mag‘lubiyatga izoh berdi
"Chelsi" bosh murabbiyi Grem Potter jamoaning "Fulxem"ga uchralgan mag‘lubiyatiga izoh berib o‘tdi.
"Bu mag‘lubiyat hozirgi ahvolimizni ko‘rsatib beradi. Tasavvur qilganingizdek, klubda hamma xafa. "Chelsi" yaxshi formada emas.
G‘alaba qozonish uchun maydonga tushgandik. Ammo bunga erisha olmadik. Muxlislardan bu natijalar uchun uzr so‘raymiz.
Tezda o‘zimizni tiklashimiz kerak. Hozir sinib qoladigan payt emas", - dedi mutaxassis.
Ma’lumot o‘rnida, "aristokratlar" so‘nggi 8 ta rasmiy o‘yinda 6 bora mag‘lubiyatga uchradi.
Fikrlar