Italiya klubi muxlislari norozilik aktsiyasini uyushtirishmoqda

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Torino" klubi muxlislari Italiya A Seriyasi davom ettirilishiga qarshi norozilik aktsiyasini uyushtirishmoqda.

Chempionat joriy mavsumi bahslari iyun oyi boshlaridan davom ettirilishidan xabar qilinganidan so‘ng, klub muxlislari jamoa stadioni atrofiga - "Har bir shaharda minglab insonlar halok bo‘lishmoqda, sizlar esa A Seriyani davom ettirishga urinyapsizlar. Haqiqiy virus aslida sizlar", - shioridagi turli bannerlar ilib qo‘yishmoqda.

Ayni damda klublar jamoa a’zolarini Italiyaga qaytarish ishlarini amalga oshirishmoqda. Turli manbalar A Seriya vakillari 18 maydan boshlab mashg‘ulotlarga kirishishi mumkinligi haqida xabar berishmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!