"Muxlislarninng erkatoi" emasman!
Britaniyalik Mozes Itauma va Xorvatiya vakili Filip Xrgovich oʻrtasidagi bahs avvaliga unchalik katta ahamiyatga ega emasdi.
Dastlab bu toʻqnashuv chempionlik uchun emas, oddiy reyting jangi sifatida rejalashtirilgandi. Biroq keyin vaziyat keskin oʻzgardi — IBF ning vakant kamari aynan shu qarama-qarshilikka qoʻyiladigan boʻldi. Bu qaror barcha shartlar kelishilganidan soʻng qabul qilindi.
Yana bir muhim jihat — Frenk Sanches oʻz navbatini boshqaga berishga rozi boʻlganidir. U yangi chempion aniqlangandan soʻng u bilan ringga chiqishni tanladi. Shu orada esa Xrgovich ommaviy bayonotlarida Itaumaning chempionlikka yoʻli oʻzinikiga nisbatan ancha engil kechayotgan, unga "muxlislarning erkatoi" sifatida alohida sharoit yaratilayotganini taʼkidlab boshlandi.
"Menga shunchaki bunday munosabatda boʻlishmayapti. Menda promouterlarni, xususan Queensberry jamoasini ishontirgan bir narsa bor. Ular bugungi yutuqlarim uchun emas, kelajakda nima qila olishimga ishonib pul tikishyapti. Har bir jangim bilan ularning ishonchini oʻqlayotganimni his qilyapman.
Xrgovich — faoliyatimdagi eng kuchli bokschilardan biri boʻladi, buni inkor qilmayman. Biroq men har bir raqibimni birinchi yoki ikkinchi raundda nokaut qilganman. Masalan, Jermeyn Franklin — u faoliyati davomida hatto nokdaun ham boʻlmagandi. Men esa uni besh raundda butunlay sindirdim.
Meni “muxlislarning erkatoi” deyishganda, gʻoy menga alohida imtiyozlar berilgandek tuyuladi. Lekin bokda hech narsani tayyor holda berilmagan, barchasiga erishish uchun mehnat qilganman", – dedi Mozes.
Eslatib oʻtamiz, Itauma va Xrgovich jangi 29 avgust kuni Londonda oʻtkaziladi.

Fikrlar