Muxlisni urgan "Gamburg" futbolchisi 5 ta o‘yinga chetlatildi
“Gamburg” himoyachisi Toni Laystner Germaniya futbol ittifoqi tomonidan 5 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi.
Bundan tashqari, Laystner 8 ming evro jarimaga ham tortilgan. Agar u qarordan norozi bo‘lsa, bir sutka ichida shikoyat qilish huquqiga ega.
Drezdenning "Dinamo" klubiga qarshi bo‘lib o‘tgan kubok bahsidan so‘ng Leystner tribunaga chiqib, raqib muxlisini ushlab, uni tepgan. Keyinchalik, futbolchi muxlis uning rafiqasi va qizini haqorat qilib, uni provokatsiya qilganini aytdi.
Fikrlar