Mxitaryan "Arsenal"ning fevral oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi

  • 12.03.2019 19:16
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Armanistonlik yarim himoyachi Genrix Mxitaryan "Arsenal"ning o‘tgan fevral oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Unga ko‘ra so‘rovnomada ishtirok etgan muxlislarning 40 foizi aynan Mxitaryanga ovoz bergan. 30 yoshli futbolchi bu borada Aleksandr Lyakazett va Bernd Leno kabi jamoadoshlarini ortda qoldirdi.

Ta’kidlash kerakki, Mxitaryan fevral oyida “kanonirlar” safida jami 5ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!