Mxitaryan "Roma"ga o‘tishga yaqin turibdi

  • 2 sentabr, 2019, 09:12
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Arsenal" klubi yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan faoliyatini "Roma"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda italiyalik jurnalist Janluki Di Martsio xabar bermoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “bo‘rilar” 30 yoshli armanistonlik futbolchini keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga olish masalasida “kanonirlar” bilan kelishuvga erishishgan.

Ma’lumot uchun, Mxitaryan o‘tgan mavsum “Arsenal” safida jami 49ta o‘yinda maydonga tushgan va o‘z hisobiga 8ta gol hamda 7ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan. Uning londonliklar bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!