Mxitaryanning terma jamoasi murabbiysiz qoldi

  • 12.02.2020 16:34
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Abraam Xashmanyan Armaniston terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketdi. Bu haqda mamlakat futbol federatsiyasi xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra tomonlar o‘zaro kelishgan holda shunday qarorga kelishgan.

Armaniston futbol federatsiyasi yaqin orada terma jamoaning yangi bosh murabbiyi nomini e’lon qiladi.

Ma’lumot uchun, Xashmanyan Armaniston terma jamoasini 2019 yilning noyabridan buyon boshqarib kelayotgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!