
MYu 33 yoshli futbolchi bilan shartnomani uzaytirmoqchi
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher hujumchi Edinson Kavanining o‘yinidan qoniqish hosil qilmoqda.
Kavani oktyabr oyida "qizil iblislar" bilan mavsum so‘nggigacha shartnoma imzolagan edi, biroq murabbiyning tavsiyasiga ko‘ra klub tomoni kelishuvni yana bir yilga uzaytirmoqchi.
"Edinsonning oldida yana bir necha mavsum bor, u yaxshi natijalar qayd etmoqda, men unga ishonaman", - deydi Sulsher.
2020/21 mavsumda urugvaylik futbolchi MYu tarkibida barcha turnirlarda 13 ta o‘yinda 4 ta golni o‘z hisobiga yozib qo‘ydi.
Fikrlar