MЮ "Barselona" futbolchisini nishonga oldi

  • 22.01.2026 16:26
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol

"Manchester Yunayted" "Barselona" yarim himoyachisi Mark Kasado xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. 

"Mundo Departivo" nashri bergan ma'lumotga ko‘ra, "qizil iblislar" 22 yoshli futbolchining agentlari bilan allaqachon muzokaralarni boshlab yuborgan. MYu futbolchini yozda o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, Xavebni "Atletiko Madrid" ham sotib olishga urinmoqda. 

Kasadonig hozirda transfer bozoridagi narxi 25 million yevroga baholanmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozigacha amal qiladi. 

Eslatib o‘tamiz, Mark joriy mavsum Flik qo‘l ostida 19 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta golli uzatma amalga oshirishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!