MYu "Bavariya" futbolchisini nishonga oldi
"Manchester Yunayted" "Bavariya" yarim himoyachisi Leon Goretskani sotib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqida "TEAMtalk" nashri ma'lum qildi.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, "qizil iblislar" germaniyalik havbekni yarim himoya chizig‘ini kuchaytirish uchun nomzod sifatida ko‘rmoqda. Manchesterliklar Goretskani qishki transfer oynasidayoq o‘z safiga qo‘shib olishni reja qilgan. Ammo hozirda MYu va myunxenliklar o‘rtasida futbolchi transferi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilmagan.
Leonning hozirda transfer bozoridagi narxi 15 million yevroni tashkil etadi. Uning nemis klubi bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozigacha imzolangan.
Eslatib o‘tamiz, 30 yoshli futbolchi 2018 yildan beri "Bavariya" safida harakat qilib keladi. Shu davr mobaynida u 287 ta uchrashuvda maydonga tushib, 46 ta gol kiritgan va 48 ta golli uzatma amalga oshirgan.



Fikrlar