«MYU» bosh murabbiyi Kerrik klubdagi Markus Rashford kelajagi haqida bayonot berdi

  • 10.08.2026 12:08
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Kerrik jamoa hujumchisi Markus Rashford Dublinidagi yig‘inda jamoaga qo‘shilishini ma’lum qildi.

 

«Men u bilan birga maydonga tushganman. U debut qilgan o‘yinda ham ishtirok etganman, shu bois oramizda o‘ziga xos tarix bor. Shu hafta Dublin’da to‘liq tarkib bilan yig‘ilamiz. U yerga to‘g‘ridan-to‘g‘ri uchib boramiz va bir necha kun davomida butun jamoa yana birga bo‘ladi. Markus — shu jamoaning bir qismi», — deya Kerrikning so‘zlarini keltiradi ESPN.

 

28 yoshli Rashford o‘tgan mavsumni «Barselona» safida ijara asosida o‘tkazgan. Uning «Manchester Yunayted» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan.

 

Rashford «qizil iblislar» tarkibidagi so‘nggi uchrashuvini 2024 yil dekabrida, Yevropa Ligasida «Viktoriya» Plyzen’ga qarshi o‘yinda o‘tkazgan. U «Manchester Yunayted» safida jami 426 ta o‘yinda maydonga tushib, 138 ta gol urgan va 60 ta golli uzatma muallifi bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!