
MYu EChL yo‘llanmasini qo‘lga kiritsa, uzoq kutilgan transferni amalga oshiradi
"Manchester Yunayted" "Borussiya Dortmund" vingeri Jeydon Sancho transferini amalga oshirmoqchi.
Bild nashri ma’lumotiga ko‘ra, agar "qizil iblislar" Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritsa, angliyalik futbolchi uchun "asalarilar" talab qilayotgan 120 million evrolik transfer summasini to‘lab beradi.
20 yoshli futbolchi joriy mavsumda "Borussiya" safida 44 ta o‘yinda maydonga tushib, 20 ta gol kiritib, 20 ta golli uzatma berdi.
Fikrlar