MYu futbolchisi: Haqoratni eshitsam, darhol maydonni tark etaman
“Manchester Yunayted” klubi forvardi Odion Igalo agar o‘yin paytida unga nisbatan irqchilik qilishsa, maydonni o‘sha zahotiyoq tark etishini ma’lum qildi.
“Agar haqoratni eshitsam, bu haqda hakamga aytaman va u qanday qarorga kelishini kutaman. Agar u bu vaziyatni e’tiborsiz qoldirsa, men shu zahoti maydonni tark etaman.
Hech kim irqchilikka chidab yashashi kerak emas. Biz hammamiz insonmiz. Tanamizning rangidagi farqqa qaramay, biz hammamiz bir hilmiz va bitta dunyoda yashayapmiz”, - deydi nigeriyalik futbolchi.
Fikrlar