MYu futbolchisi Rangnikning gaplariga javob berdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

APL doirasidan o‘rin olgan "Aston Villa" - MYu uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Ralf Rangnik futbolchi Antoni Marsyal haqida fikr bildirgandi.

"Marsyal jamoadan ketmoqchi. U ortiq biz bilan birga bo‘lishni istamayapti. Shuning uchun biz uni kechagi o‘yin qaydnomasiga kiritmadik", - degan edi Rangnik.

Bugun esa murabbiyga javoban futbolchi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga post qo‘ydi.

"Men aslo MYuni rad etmaganman. 7 yildan buyon jamoa ichidaman va aniq ayta olamanki, hech qachon klub hamda uning muxlislariga hurmatsizlik qilmaganman. Qilmayman ham", - deydi frantsuz.

Hujumchi joriy mavsum 7 bahsda bitta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!